Местоположение
Описание
Chorva fermasiga doimiy yashab ishlash uchun masʼuliyatli va halol ishchi oila taklif qilamiz.
Oilali kishilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
Alohida yotoqxona, oshxona, hammom;
Issiq-sovuq suv (Ariston), dush va rakovina;
Oshxona mebellari va idish yuvish uchun qulay pasudamoyka;
Farzandlar boʻlsa, maktab va bogʻcha yaqin joylashgan.
Chorva soni: 20 ta mol va 200 ta atrofida qoʻy.
Asosiy ishlar qoʻy mollarga ovqat suvini berish. Sigirlarni sogʻish. Taglarini tozalash. Tozalikka e'tibor berish. Fermani ichidagi ishlar
Qoʻylar boqishga chiqmaydi, faqat qoʻtanda turadi.
Asosiy ozuqasi — silos. Hamma mol va qoʻylarga silos beriladi.
Hozircha 4–5 ta sogʻiladigan sigir bor, sogʻish apparatda sogʻiladi
Oylik maosh: 5 000 000 soʻm+ oziq ovqat uchun alohida beriladi (kechiktirmay beriladi).
Oylikdan tashqari yana qoʻshimcha ishlar bor. Bu majburiy emas. Xoxishga qarab bajarsangiz alohida haq toʻlanadi.
Talablar:
Halol, mehnatkash va roʻzgʻorli oila;
Chorva mollariga yaxshi qaray oladigan;
Tozalik va tartib-intizomga rioya qiladigan.
Toʻliq ma'lumot uchun telefon qiling
Yoki telegramdan yozing.
Tel: *****
Manzil: Buxoro viloyat Vobkent tumani
Отзывов пока нет 🥴
Это чтобы сайт работал лучше. Оставаясь с нами, вы соглашаетесь на использование файлов куки.
Ок