Каталог
Все города
Назад

Yunusobod va Mirzoulug'bek tumanidan ish

2 часа назад 1 (1 сегодня) №13748

Местоположение

Ташкент

Описание

Makro supermarketlar tarmog‘i Sotuvchi-kassir lavozimiga xodimlarni ishga taklif qiladi. Sinov muddati davomida — 2 550 000 so‘m 3 oydan so‘ng attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganda — 3 500 000 so‘m Ish haqi oyiga 2 marta to‘lanadi: 25-sana — avans (25%), 10-sana — qolgan qismi (75%). Yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar uchun qo‘shimcha bonuslar mavjud. Tushlik uchun pul ko‘rinishida kompensatsiya beriladi. Ayrim marketlarimizda xodimlar uchun oshxona mavjud bo‘lib, tushlik bilan ta’minlanadi. ISH GRAFIGI: 6/1, kuniga 8 soat. Smenalar: 08:00–16:00, 16:00–23:59. Ayrim do‘konlarda tungi smena mavjud: 00:01–08:00. ISH JOYI: Sizga qulay bo‘lishi biz uchun muhim! Makro supermarketlar tarmog‘ida ko‘plab marketlar mavjud. Suhbat davomida yashash manzilingizga imkon qadar yaqin bo‘lgan marketdan ish joyini tanlashga yordam beramiz. ASOSIY VAZIFALAR: Sotuvchi-kassir universal xodim hisoblanadi: xaridorlarga xizmat ko‘rsatish; kassada ishlash; tovarlarni javonlarga joylashtirish; ombordan mahsulotlarni savdo zaliga olib chiqish; mahsulotlarning yaroqlilik muddatini nazorat qilish; narxnomalarni tekshirish; savdo zalida tozalik va tartibni saqlash. BIZ TAKLIF QILAMIZ: rasmiy ishga qabul qilish; 21 kalendar kunlik yillik mehnat ta’tili; yangi xodimlar uchun maxsus trening; tushlik uchun pul ko‘rinishida kompensatsiya; ayrim marketlarda xodimlar uchun oshxona; qo‘shimcha bonuslar; kompaniya ichida martaba o‘sishi imkoniyati; yashash joyingizga yaqin marketda ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqish. KARYERA IMKONIYATI: Yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar uchun kompaniya ichida martaba o‘sishi imkoniyati mavjud: Sotuvchi-kassir → Katta sotuvchi → Supervayzer → Market direktori yordamchisi → Market direktoriMUHIM: Ushbu ish faol harakatni talab qiladi. Ish davomida xodim ko‘p vaqt oyoqda bo‘ladi, mahsulotlarni joylashtiradi va xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi. Agar ish sharoitlari Sizga mos kelsa, suhbatga taklif qilamiz!Makro jamoasiga qo‘shiling!

Отзывы 0

Отзывов пока нет 🥴

3 000 000 UZS
👁️ Сейчас смотрят: 3 человека
Уже написали 3 человека
Обычно отвечает за 5 минут
✔ Проверенный продавец
Сирожиддин
На сайте с 2023

Объявления из той же категории

Домой
Избранное
Добавить
Чат
Профиль