Местоположение
Описание
Iltimos, e’lonni diqqat bilan o’qib chiqing!
Bizga uzoq muddat ishlashni istaydigan, halol, mas’uliyatli va o’z ishini yaxshi biladigan uy yordamchisi kerak.
Agar ishga mas’uliyat bilan yondashadigan, pokiza va tartibli bo’lsangiz, siz bilan uzoq muddat hamkorlik qilishdan mamnun bo’lamiz.
UYGA YORDAMCHI AYOL KERAK
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi xonadonga tajribali, halol va mas’uliyatli uy yordamchisi ishga taklif qilinadi.
Talablar:
25–35 yosh.
Toza-ozoda, chaqqon va saranjom bo’lishi.
O’zbek milliy taomlarini mazali tayyorlay olishi.
Uy ishlarini mustaqil va mas’uliyat bilan bajara olishi.
Ish vaqtida telefondan faqat zarurat bo’lganda foydalanishi.
Xushmuomala, halol va o’zaro hurmatni qadrlaydigan bo’lishi.
Tajribaga ega nomzodlar afzal.
Ish haqida:
Ish vaqti: 08:00–18:00
Ovqat 2 kishi uchun tayyorlanadi.
Uy — 2 qavatli hovli.
Qatnab ishlovchilar uchun 1 oyda 2 martta dam!
Yotib ishlashni xohlovchilar uchun ham barcha sharoit mavjud (faqat ish vaqti boshqacha)
Oylik:
400$ dan boshlanadi.
Mas’uliyatli va uzoq muddat ishlaydigan xodimning maoshi ishiga qarab oshirib boriladi.
Biz xodimni hurmat qilamiz va evaziga ham halollik, mas’uliyat hamda hurmat kutamiz.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani.
Ishga suhbat asosida qabul qilinadi. Suhbatga pasport bilan kelish shart.
Aloqa: +99******** 95 24
Telegramdan yozin!
Отзывов пока нет 🥴
Это чтобы сайт работал лучше. Оставаясь с нами, вы соглашаетесь на использование файлов куки.
Ок