Местоположение
Описание
Ishga taklif: Tajribali lazer stanogi operatori (CO2 va Fiber)
Toshkent shahrida joylashgan ishlab chiqarish seximizga mas’uliyatli va o‘z ishining ustasi bo‘lgan lazer stanogi operatorini ishga qabul qilamiz.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Jinsi va yoshi: Erkak kishi, 18–30 yosh oralig‘ida;
• Tajriba: CO2 va Fiber lazer stanoklarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi shart (sexdagi barcha stanoklarni boshqara olishi kerak);
• Materiallar bilan ishlash: Yog‘och, akril va tekstil materiallarida kesish hamda gravyura ishlarini sifatli bajara olish;
• Dasturiy bilim: CorelDRAW dasturini mukammal bilishi, chizmalarni tayyorlay olishi shart;
• Shaxsiy fazilatlar: Ishga mas’uliyatli, intizomli, tezkor va tartibli bo‘lishi kerak.
Biz taklif qiladigan sharoitlar:
• Oylik maosh: 6 000 000 – 9 000 000 so‘m (nomzodning tajribasi va mahoratiga qarab suhbat asosida kelishiladi);
• Ish vaqti: 08:00 dan 20:00 gacha;
• Ovqatlanish: Kuniga 2 mahal issiq ovqat (ishxona hisobidan);
• Turar joy: Uzoqdan kelganlar uchun barcha sharoitlarga ega yotoq joy mavjud;
Manzil:
• Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Izza ko‘chasi (Mo‘ljal: Izza bozori).
Отзывов пока нет 🥴
Это чтобы сайт работал лучше. Оставаясь с нами, вы соглашаетесь на использование файлов куки.
Ок