Местоположение
Описание
"Hamd Fast Food" jamoasi kengayishi munosabati bilan Hamd Bulvar filialimizga chaqqon va mas'uliyatli kuryerlarni ishga taklif etadi. Bizda daromad faqat o'zingizga bog'liq!
Biz taklif etamiz:
Erkin daromad: Oylik belgilangan emas, har bir yetkazilgan buyurtma uchun alohida haq to'lanadi (narxlar oldindan belgilangan).
Yuqori daromad imkoniyati: Kuniga 200 000 so'mdan 700 000 so'mgacha ishlash mumkin (buyurtmalar soniga qarab).
Optimal taqsimot: Yo'nalish bir xil bo'lsa, bittada 2 ta buyurtma olib ketish imkoniyati.
Maxsus dastur: Barcha buyurtmalar kuryer telefoniga o'rnatilgan maxsus dastur orqali boshqariladi.
Shartlar va qoidalar:
Termasumka: O'zingizning terma sumkangiz bo'lsa, undan foydalanishingiz mumkin. Agar yo'q bo'lsa, biz taqdim etamiz (narxi 400 000 so'm). Ishdan bo'shagan vaqtingizda sumka holatiga qarab, ushbu summa qaytarib beriladi.
Yetkazib berish tartibi: Buyurtmani mijozga mashinadan tushib topshirish shart.
"Do dveri" xizmati: Agar buyurtmada "eshikkacha yetkazish" funksiyasi yoqilgan bo'lsa, avtomatik ravishda narxga +5 000 so'm qo'shiladi.
Talablar:
Shaxsiy avtomobil
Smartfon (dastur bilan ishlash uchun);
Xushmuomalalik va chaqqonlik.
Manzil: Bulvar sibirskiy "Hamd s.n.s" filiali. Bog'lanish uchun: [*****]
Отзывов пока нет 🥴
Это чтобы сайт работал лучше. Оставаясь с нами, вы соглашаетесь на использование файлов куки.
Ок