Местоположение
Описание
GILAM YUVISH KORXONASIGA DOIMIY ISHGA ISHCHILAR KERAK
Toshkent shahrida joylashgan gilam yuvish korxonamizga doimiy ishlash uchun mas’uliyatli, chaqqon va baquvvat yigitlarni ishga taklif qilamiz.
Ish tajribasi bo’lishi shart emas. Gilam yuvish ishlarini bilmaganlarga ham hammasini o’zimiz o’rgatamiz. Eng muhimi, ishlashga xohishi va mas’uliyati bo’lsa bo’ldi.
ISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR:
* Yosh chegarasi 20 yoshdan 40 yoshgacha.
* Faqat erkaklar.
* Jismonan baquvvat va sog’lom bo’lishi.
* Mas’uliyatli, halol va mehnatsevar bo’lishi.
* Berilgan vazifalarni vaqtida va sifatli bajarishi.
* Jamoa bilan ishlay olishi.
* Ishga kechikmasdan kelishi.
* Doimiy ishlash niyatida bo’lishi.
ISH VAZIFALARI:
* Gilamlarni yuvish jarayonida qatnashish.
* Gilamlarni qabul qilish va saralash.
* Yuvish apparatlarida ishlashni o’rganish.
* Gilamlarni chayish, siqish va quritish jarayonlarida ishtirok etish.
* Tayyor gilamlarni taxlash va jo’natishga tayyorlash.
* Ish joyining tozaligi va tartibiga rioya qilish.
Barcha ish jarayonlari bosqichma-bosqich o’rgatiladi. Oldindan tajriba talab qilinmaydi.
OYLIGI VA ISH SHAROITLARI:
* Oylik maosh 4 500 000 so’mdan 6 000 000 so’mgacha.
* Maosh ish hajmi va ish natijasiga qarab belgilanadi.
* Oylik har oy o’z vaqtida beriladi.
* 3 kunlik pullik sinov muddati mavjud.
* Doimiy ish joyi.
* Ishga jiddiy yondashadigan xodimlar bilan uzoq muddat ishlaymiz.
VILOYATDAN KELADIGAN ISHCHILAR UCHUN:
* Bepul yashash uchun yotoqxona mavjud.
* Kuniga 3 mahal issiq ovqat beriladi.
* Dush va yuvinish sharoitlari mavjud.
* Yashash uchun alohida joy izlashga hojat yo’q.
BIZGA QANDAY ISHCHI KERAK?
Bizga vaqtinchalik ishlab ketadigan emas, balki doimiy ishlashni maqsad qilgan, o’z ishiga mas’uliyat bilan qaraydigan va halol mehnat qilishni xohlaydigan yigitlar kerak.
Agar siz ish qidirayotgan bo’lsangiz va barqaror daromad topishni istasangiz, bizning jamoamizga qo’shiling.
ISH O’RGATILADI. TAJRIBA SHART EMAS.
MANZIL: TOSHKENT SHAHRI
BOG’LANISH UCHUN TELEFON:
Faqat jiddiy ish izlayotgan nomzodlar qo’ng’iroq qilsin.
Отзывов пока нет 🥴
Это чтобы сайт работал лучше. Оставаясь с нами, вы соглашаетесь на использование файлов куки.
Ок