Местоположение
Описание
BERLUC MEBEL JAMOASIGA TAKLIFBizga shunchaki ishchi kerak emas.Biz farosatli, iymonli, qadriyatli, halol va o‘z kasbini mukammal egallashni maqsad qilgan insonlarni izlayapmiz.Agar siz:Mas'uliyatni bahonadan ustun qo‘ysangiz;Berilgan vazifani vijdonan bajarishni odat qilgan bo‘lsangiz;O‘rganishdan va rivojlanishdan charchamasangiz;Kelajagingizni katta maqsadlar bilan qursangiz;Halollik va ishonchni eng katta boylik deb bilsangiz;unda sizni BERLUC MEBEL jamoasida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.Bizning jamoada insonning qadri uning gaplari bilan emas, balki mehnati, mas'uliyati va natijasi bilan o‘lchanadi.Ish vaqti: 08:00 dan 19:00 gacha.Ish jarayoni va vaziyatdan kelib chiqib ish vaqti o‘zgarishi mumkin. Har bir xodimning sarflagan vaqti va mehnati adolatli ravishda hisobga olinadi.Maosh: chegaralanmagan.Daromad xodimning natijasi, mas'uliyati, intizomi va korxona rivojiga qo‘shgan hissasiga qarab baholanadi.Bugungi kunda jamoamizdagi xodimlar 1000 AQSh dollaridan 1800 AQSh dollarigacha daromad topmoqdalar.Biz maosh uchun ishlaydigan odamlarni emas, o‘z ustida ishlashga tayyor, kasbida yetuklikka intiladigan va kelajagini katta maqsadlar bilan bog‘laydigan insonlarni qidirmoqdamiz. Agar siz ish joyi emas, o‘sish imkoniyati; maosh emas, qadriyatli jamoa; oddiy faoliyat emas, o‘z hayotingizda yangi bosqich izlayotgan bo‘lsangiz — BERLUC MEBEL sizni suhbatga taklif qiladi.
Отзывов пока нет 🥴
Это чтобы сайт работал лучше. Оставаясь с нами, вы соглашаетесь на использование файлов куки.
Ок