Каталог
Все города
Назад

Bekobodda tajribali call-markaz operatori kerak

1 час назад 1 (1 сегодня) №18136

Местоположение

Ташкент

Описание

Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan “SUNNATILLO MUSAYEV” advokatlik byurosiga tajribali call-markaz operatori qizlarni ishga taklif qilamiz.

Oylik daromad: 3 000 000 - 9 000 000 so’m (sotuv natijasiga qarab).

Bizga shunchaki qo’ng’iroqlarga javob beradigan emas, balki mijozlar bilan ishonchli muloqot qilib, xizmatlarimizni sota oladigan xodim kerak.

ASOSIY TALABLAR:

1. Call-markaz yoki telefon orqali sotuv yo’nalishida kamida 1 yillik tajriba.
2. O’zbek tilida ravon va ishonchli gapira olish.
3. Mijozlar bilan to’g’ri muloqot qilish va sotuvni yakunlay olish.
4. Mijozlarning e’tirozlari bilan ishlash tajribasi.
5. Kompyuter, Google Sheets va CRM tizimlaridan foydalana olish.
6. Mas’uliyatli, intizomli va natijaga intiluvchan bo’lish.

ASOSIY VAZIFALAR:

1. Instagram va boshqa manbalardan kelgan mijozlar bilan bog’lanish.
2. Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash.
3. Advokatlik konsultatsiyalarini telefon orqali sotish.
4. Qiziqish bildirgan mijozlarni to’lovgacha olib borish.
5. Xizmat sotib olmagan mijozlar bilan qayta bog’lanish.
6. CRM tizimida mijozlar ma’lumotlarini yuritish.
7. Kunlik sotuv natijalari bo’yicha hisobot berish.

BIZ NIMA TAKLIF QILAMIZ?

1. Doimiy ish o’rni.
2. Oylik asosiy to’lov va sotuv natijasiga qarab qo’shimcha foizlar.
3. 9 million so’mgacha daromad olish imkoniyati.
4. Tayyor mijozlar oqimi.
5. Sotuv ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyati.
6. Ahil va natijaga yo’naltirilgan jamoa.

BIZ KIMNI QIDIRYAPMIZ?

Telefon orqali sotuv qilishni biladigan, mijozlarning “qimmat”, “keyinroq”, “o’ylab ko’raman” kabi e’tirozlariga to’g’ri javob bera oladigan, o’z daromadini oshirishga intiladigan tajribali operatorni qidiryapmiz.

Nomzodlar ish tajribasi va suhbat natijalariga ko’ra tanlab olinadi.

Murojaat qilish uchun OLX orqali quyidagi ma’lumotlarni yuboring:

1. Ism va familiyangiz.
2. Oldingi ish tajribangiz.
3. Qaysi mahsulot yoki xizmatlarni sotgansiz?
4. Telefon raqamingiz.

Ish manzili: Toshkent viloyati, Bekobod tumani.

“SUNNATILLO MUSAYEV” advokatlik byurosi.

Отзывы 0

Отзывов пока нет 🥴

9 000 000 UZS
👁️ Сейчас смотрят: 3 человека
Уже написали 3 человека
Обычно отвечает за 5 минут
✔ Проверенный продавец
Sunnatillo
На сайте с 2023

Объявления из той же категории

Домой
Избранное
Добавить
Чат
Профиль